Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Yuridik xizmat faoliyatini takomillashtirish: milliy va xorijiy tajriba”


O‘zbekistonda MDHning boshqa mamlakatlariga nisbatan yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qonunchilik jarayoni bir muncha aniq rivojlanish tendensiyasiga ega bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz.

Xususan, iqtisodiyot, davlat va xo‘jalik boshqaruvi tizimidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, bir qator huquqiy tusdagi xujjatlar qabul qilindi.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 02.03.1993-yildagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizom, Vazirlar Mahkamasining 24.08.2007 yildagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 182-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi “Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 244-sonli qarori va hakazo xujjatlar.

Ushbu hujjatlar yuridik xizmat rolini oshirish bilan bir qatorda yuridik xizmatning asosiy funksiyalaridagi o‘zgarishlarni nazarda tutishi, uning xodimlarini yuridik tusdagi xususan turli mazmundagi shartnomalarni qonunchilikka muvofiqligini formal tarzda tasdiqlash va imzolash o‘rniga shartnomaviy aloqalarni shakllantirish, korxonalar tomonidan shartnomalarni tuzish, ularning mazmunini belgilash jarayonining faol ishtirokchilariga aylanishini taqozo etadi. Shu o‘rinda, kontragentlar tomonidan shartnomalarni to‘g‘ri bajarishi, shu jumladan shartnoma majburiyatlari buzilishi oqibatida korxonaga yetkazilgan zararni huquqiy vositalar orqali qoplanishini ta’minlashda yuridik xizmat faoliyatini ahamiyati ortdi.

Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasiga ham tayanish o‘zini samarali natijasini beradi.

Masalan, Germaniyada yuristlar huquqiy masalalarni hal etish bilan shug‘ullanish barobarida idoralar va korxonalar faoliyatida qonuniylikni ta’minlaydi. Ularning asosiy vazifalari barcha hukumat farmoyishlarini uzluksiz ijrosini ta’minlash, ma’muriy intizomni ushlab turish, korrupsiyadan xoli hokimiyat apparati shakllanishini rag‘batlantirish, davlat boshqaruvi sifati va samaradorligini oshirishdan iborat.

Germaniyada huquqiy ishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning qisqacha sharhi yuriskonsultlarning, huquqiy ishning maxsus sub’ektlari sifatidagi faoliyati xususiyatlarini ko‘rsatadi.

Fransiya davlat boshqaruvi organlarida (mahalliy, milliy organlar, vazirliklar, idoralar va boshqalar) ham yuridik xizmatlar mavjud. Ular ushbu organlar o‘z faoliyatini qonun doirasida amalga oshirishga ko‘maklashadigan malakali yuridik yordam berish, ularning samaradorligini oshirish hamda davlat manfaatlariga zid bo‘lgan huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini oldini olish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish va kiritishga yo‘naltiradi.

Yuridik xizmatlar tuzilmasi, xodimlar soni, ularga qo‘yiladigan talablar, yuridik xizmatlar roli va vakolatlari ushbu organ faoliyatining xarakteri /ko‘lami/ sohasiga qarab o‘zgaradi.

Ispaniyada yuridik xizmatlar – bu davlat muassasalari boshqaruv apparatining alohida tarkibiy tuzilmalari (departamentlar)dir. Yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat –bu "Davlat tashkilotlarining yuridik reglamenti va umumiy ma’muriy protsessual tartibi to‘g‘risida"gi Qonun hisoblanadi.

Ushbu Qonun talablariga binoan yuridik xizmat xodimlari o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan davlat muassasalari va idoralari xodimlari sifatida huquqiy maslahatlar berish faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.

Masalan, yuridik departamentlarni vakolat doirasiga, turli xil yer huquqlariga oid ruxsatnomalarni o‘rganish/berish, fuqarolar murojaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish, sug‘urta, sud jarayonlari va hokazolar kiradigan shahar meriyalari yuridik xizmati xodimlar bo‘lishi mumkin.

Har bir davlat organi (muassasasi) yuridik departamentining asosiy vazifalari qilib, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, ularga muayyan turdagi huquqiy ishlarni bajarish vazifasi yuklatiladi.

Shuningdek, yuridik departamentda iqtisodchilar va texnik xodimlar ham ishlashi mumkin. Oliy yuridik ma’lumotga ega, idoraning faoliyatini huquqiy ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lgan, shuningdek yurisprudensiya sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan xodimlar davlat idorasi yuriskonsulti bo‘lish huquqiga ega.

Anglo-sakson huquq oilasiga mansub bo‘lgan Kanada huquqiy tizimida davlat yuridik xizmatini tashkil etish va faoliyat yuritishi modelining asosiy xususiyati bo‘lib, barcha yuridik xizmatlar davlatning yagona huquqiy siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash uchun Adliya vazirligida jamlangan.

Bu modelning tashkiliy afzalligi, kadrlarni tanlash va malakasini oshirishning umumiy standartlaridan foydalanish, yuristlar xizmatlariga haq to‘lashda yanada shaffoflik va odillikni ta’minlashga imkon beradi.

Yuridik xizmatni markazlashtirishning mazmun jihatidan afzalligi sifatida shunday holatni ko‘rsatish mumkinki, bunda ishni tashkil etish va bajarishni ta’minlash, rahbariyatga iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat sohasidagi huquqiy muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berish; farmoyish shaklidagi loyihalarni yoki boshqa huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun kiritishdan avval ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirish; tarkibiy departamentlar ichki munosabatlarini tartibga soluvchi buyruqlar va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish; boshqa tarkibiy departamentlar bilan birga buyruqlar va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar tuzish, shuningdek hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilishi yoki kuchini yo‘qotgan hujjatlar bekor qilinishini nazorat qilish; qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar saqlanishini ta’minlash va hisobini yuritish; muayyan hujjatning qonun hujjatlari talablariga muvofiq ekanligini nazorat qilish va u yoxud bu hujjatni bekor qilish to‘g‘risida idora rahbariyatiga tegishli ma’lumotni taqdim etish; huquqiy bilimlar darajasini oshirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish va o‘tkazish, qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berish hisoblanadi.

Shu bilan birga, davlat yuridik xizmati monopoliyasi Adliya vazirligiga butun mamlakat miqyosida davlat hokimiyati organlari va ularning bo‘linmalari bilan "bir ovozdan" so‘zlashishga imkoniyat beradi. Bunda, Adliya vazirligi tizimida ishlaydigan yuristlarning aksariyat qismi Adliya vazirligi va ularning hududiy bo‘linmalari binolarida bo‘lmaydi. Ularning ish o‘rinlari bevosita turli vazirliklarda va ularning hududiy bo‘linmalarida joylashgan.

Kanadada qonunchilik hujjatlarini loyihalash faoliyatini tashkil etish ishlari ham diqqatga sazovor. Har qanday darajadagi ijro hokimiyatidan kelib chiqadigan barcha tashabbuslar, qonun loyihasi matn shaklida Kanada Adliya vazirligi xodimlari tomonidan rasmiylashtiriladi.

Bu qabul qilinayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlar sifatini sezilarli darajada oshirish, shuningdek, ularni qo‘llashda ziddiyatlarni oldini olishga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchilikka binoan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish uchun mas’ul bo‘lgan asosiy davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shuningdek, hozirgi kunda mavjud normativ-huquqiy hujjatlarda markazlashuv tendensiyasi doirasida adliya organlariga tobora katta va mas’uliyatli vazifalar yuklanib bormoqda. Shu munosabat bilan, ijro etuvchi hokimiyat organlarining umumiy vazifalarini inobatga olgan holda, ijroiya hokimiyati tizimiga kiruvchi barcha davlat organlarining, shu jumladan mahalliy ijro hokimiyati organlarining huquqiy ishlari Adliya vazirligi va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2020-yildagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–5997-son Farmonining 10-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 10.09.2020-yildagi 561-son qarori bilan davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Namangan shahri, Marhamat va Qarshi tumanlarida eksperiment tariqasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlarini tashkil etish ko‘zda tutildi.

Ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari byudjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etilishi hamda tegishli tashkilotda qonun hujjatlari bilan yuridik xizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi belgilandi.

Sinov tariqasida jami 23 ta davlat organi va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalariga yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi markazlar faoliyati Adliya vazirligi tizimida yo‘lga qo‘yilib, o‘zining ijobiy samarasini berdi.

Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi «E-huquqshunos» elektron tizimi yaratilib, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirish choralarini ko‘rildi.

Davlat organlarida huquqni bir xil qo‘llash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi bo‘g‘ini yaratildi.

Shu bilan birga, yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish tashkil etildi va uning huquqiy asoslari yaratildi.

Jumladan, Prezidentning 29.06.2021 yildagi «Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5168-son qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, keyinchalik 17.03.2022-yildagi «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-89-son Farmoniga muvofiq Markazlar tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Shuningdek, qo‘shimcha ravishda Prezidentning 18.03.2022 yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-son qarori qabul qilindi va unga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi joriy etildi.

Ular: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, turizm va madaniy meros bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limidir.

Hozirgi kunda Namangan shahar adliya bo‘limini yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi tomonidan yuqorida qayd etilgan me’yoriy xujjatlar talablari asosida faoliyat olib bormoqda.

Markaz faoliyati davomida yuzaga kelayotgan ayrim masalalardan kelib chiqib, xodimlarni faoliyatini ixtisoslashtirishda quyidagilarni taklif etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yildagi 5168-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan Markaz tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarida qabul qilinayotgan barcha yuridik tusdagi xujjatlarni «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali ko‘rib chiqish va ularni qonunchilikka muvofiqligi bo‘yicha huquqiy xulosalar berilishi ta’minlangan.

Xususan Nizomning 13-bandi talablariga asosan Markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:

-yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

-yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

-yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

-yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o’z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini (shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakil sifatida ishtirok yetish, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini) ta’minlash;

-davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf yetishga ko‘maklashish belgilangan.

Namangan shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi o‘z faoliyatini tashkil yetgan vaqtdan buyon jami «E-huquqshunos» elektron dasturi bo‘yicha 124 ta xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlariga tegishli bo‘lgan 53002 ta yuridik tusdagi xujjatlarni ko‘rib chiqib, xulosalar berildi.

Shundan, barcha turdagi buyruqlar soni 31664 tani, barcha turdagi shartnomalar soni 21338 tani tashkil yetdi.

Bundan tashqari, 51 ta talabnoma va 26 ta da’vo arizasi xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari hamda tashkilotlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlanib, tegishliligi bo‘yicha yuborildi.

Yuqoridagi talabnoma va da’vo arizalarini ijobiy hal yetilishi ta’minlanmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan «E-huquqshunos» yelektron tizimi orqali yuborilayotgan yuridik tusdagi xujjatlarni o‘rganib chiqish va xulosalar berishda Markaz xodimlari shu tashkilotlar faoliyatiga tegishli hamda tarmoq va sohasiga taalluqli bo‘lgan me’yoriy xujjatlarni bilishi lozim bo‘ladi.

Jumladan, Obodonlashtirish boshqarmasi tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-sonli qarori va boshqa tegishli qarorlarni, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli qarori va boshqa ko’plab qaror va farmonlarni, Sog‘liqni saqlash tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori va boshqa ko‘plab qaror, farmon hamda yo‘riqnomalarni, xuddi shunday boshqa xizmat ko‘rsatilayotgan davlat olganlari va tashkilotlari bo‘yicha tegishli qaror va farmonlarni, shuningdek, xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat haridlari to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2021 yildagi PF-6313-sonli farmoni hamda boshqa qaror hamda xujjatlarni bilishi lozim hisoblanadi.

Bundan tashqari, har bir davlat organlari va tashkilotlarida o‘zlarining faoliyatidan kelib chiqib, qabul qilingan lokal xujjatlarini o‘rganib chiqilishi lozim va ular tomonidan yuborilgan loyihalarni ko‘rib chiqishda hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb yetadi.

Amaliyotda xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuborilayotgan turli mazmundagi buyruqlar, shartnomalar, xo‘jalik shartnomalari loyihalarni ko‘rib chiqishda, mehnat munosabatlariga oid masalalarni hamda xo‘jalik faoliyatini tashkil yetishga oid xujjatlar loyihalarini ko‘rib o‘rganib chiqilishi va bir vaqtni o‘zida biri-biriga to‘g‘ri kelmaydigan masalalar bilan Markaz xodimi shug‘ullanishi lozim bo‘lmoqda. Bu kabilar bir muncha chalkashliklarga olib kelayotganligi kuzatiladi.

Shu bilan birga, belgilangan talab bo‘yicha talabnoma va da’vo ishlarini olib borilishi, xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlaridagi mavjud debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni olinishi, ularni tahlil qilinishi, kerak bo‘lsa xar bir xo‘jalik shartnomasining ijrosi yuzasidan monitoring olib borilishi, o‘rganilishi hamda tegishliligi bo‘yicha ta’sir chorasini ko‘rilishi lozim bo‘ladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan masalalarni Markazning barcha hodimlari bir vaqtning o‘zida yoki ma’lum bir vaqtda amalga oshirishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda va Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish hamda uning oldiga qo‘yilgan masalalarni qisqa vaqtlarda hal yetilishini ta’minlash maqsadida, xususan Namangan shahar Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazida faoliyat olib borayotgan 6 nafar xodimning muayyan muddat (6 oy) davomida:

-4 nafarini mehnat munosabatlarini tartibga solishga oid yuridik tusdagi xujjat loyihalari bilan shug‘ullanishiga;

-2-nafarini xo‘jalik faoliyatini tashkil yetishga oid xujjat loyihalari bilan shug‘ullanishga jalb yetish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Bu masalani hal etish uchun «E-huquqshunos» yelektron tizimida Markaz rahbariga shartnomaviy munosabatlarni ko‘rib chiquvchi xodimlarni belgilash funksiyasini ochib berilishi orqali tegishli hujjatlarni taqsimlash imkoniyatini yaratib berish bilan bog‘liq deb hisoblanadi.

Natijada, «E-huquqshunos» yelektron tizimida shakllanayotgan va kelib tushayotgan xujjat loyihalarini mehnat munosabatlariga oid qismi Markazning 4 nafar xodimiga, xo‘jalik faoliyatini tashkil yetishga oid xujjat loyihalari esa Markazning

2 nafar xodimiga taalluqli bo‘ladi va ular mas’ul deb hisoblanadilar.

Bu bilan Markaz xodimlari ma’lum bir vaqt yoki davr ichida sohaga oid ixtisoslashadilar va kelib tushayotgan loyihalarni hal yetish hamda ko‘rib chiqishda unga chuqurroq yondashadilar, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni o‘z vaqtida hal yetish choralarini ko‘radilar.

Markaz xodimining malakasi oshgan, shu jumladan ixtisoslashgan sayin loyihalarni ko‘rib chiqish tezlashadi.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tashkil yetishdagi mas’ul xodimlarni mas’uliyati yanada oshadi.

Namangan shahar Yuridik xizmatlar
ko‘rsatish markazi boshlig‘i
 Xakimov Iqboljon Isroilovich.