Янгиликлар
Adliya bo’limlari navbatdagi manzillarda sayyor qabul o’tkazdi
Xalq dardiga quloq tutish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va tegishliligi boʻyicha hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlar oʻzining ijobiy samarasini
berib fuqarolarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilishga xizmat qilayotir.
Bunday jarayonlarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman, shahar adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan ham odamlarni murojaatlarini oʻrganish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Buni birgina, “Men mahallam huquqshunosiman”, “Oʻzimiz keldik” kabi loyihalardan ham koʻrish mumkin.
Yana bir jihat shundaki, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻtkaziladigan “Sayyor qabul”lar bilan cheklanib qolmay tuman, shahar adliya boʻlimi xodimlari ham belgilangan grafikka asosan uzoq, yaqin mahallalarga borib uchrashuv, muloqot va sayyor qabullarni tashkil etib bormoqda. Har haftaning payshanba kuni viloyatimizning 14 ta hududida adliya xodimlarining yuzma-yuz muloqotlari tashkil etilib, odamlaring huquqiy sohadagi bilimlari oshirilib, qiynab kelayotgan masalalariga quloq tutilmoqda.
Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan “Namuna” mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan sayyor qabul jarayonida 6 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 3 nafar fuqaro murojaati adliya boʻlimining ish yurituvga olindi.
Albatta bu kabi sayyor qabul va ochiq muloqotlarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad fuqarolarning hal boʻlmayotgan masalalariga ijobiy yechim topish hamda mazkur mahallada istiqomat qiladigan aholining huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish https://t.me/namanganadliya