Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PF–67-son Farmonida alohida grafik asosida barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosi doirasidagi Qo‘shma qaror bilan vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarida o‘qishlarni tashkil etish va o‘tkazish grafigi asosan joriy yilning 11-sentyabr kuni viloyat Madaniyat markazida ekspertlar guruhlari (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Namangan viloyati filiali, viloyat Adliya boshqarmasi, Yuridik universiteti Professor o‘qituvchilari) tomonidan Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini davlat fuqarolik xizmatchilariga tushuntirish yuzasidan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.





Namangan viloyati adliya boshqarmasi