Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaati qanoatlantirildi


Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro M.K.ning Тoʻraqoʻrgʻon tuman hokimining 2021-yil 25-iyundagi qaroridan norozi boʻlgan murojaati oʻrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

Murojaatni oʻrganish davomida tuman hokimligining qarori bilan 2019-yilning 17-apreldagi “Shoxidon Burguti” va “Nice Cherry” fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarib olish hamda yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qoʻyilgan fuqaro M.K.ga yangi bogʻdorchilik tashkil etish uchun yer maydonlari ajratib berish toʻgʻrisida”gi 852-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi koʻrsatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorining 7-bandi a-kichik bandida yangi tashkil etiladigan bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari uchun 50 va undan yuqori ball bonitetiga ega boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilangan. 

Mazkur qarorning amaldagi tahriri 2021-yil 1-avgustdan kuchga kirgan amaldagi tahriri 7-bandining «a» kichik bandida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga muvofiqlashtirilib, ushbu bandda sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshirilishi koʻrsatilgan.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan Toʻraqoʻrgʻon tumani qishloq xoʻjalik boʻlimiga yuborilgan soʻrov xati yuzasidan taqdim etilgan maʼlumot va unga ilova hujjatlar koʻrilganida 2020-yil 1-sentyabrga qadar sugʻoriladigan yerlarning tuproq kartalari 2011-yil foydalanishga kiritilgan tuproq kartalaridan foydalanib kelinganligi, 2020-yil 

1-sentyabrdan boshlab, tuman hokimining qarori bilan Oʻzbek davlat yer tuzish ilmiy loyihalash instituti Andvilyerloyiha Andijon viloyati boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari tasdiqlanib, foydalanishga qabul qilinganligi maʼlum qilingan. 

Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimining “Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida mavjud fermer xoʻjaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilar sugʻoriladigan yerlarining tuproq kartalarini tuzish va tuproq sifatini baholash ishlari natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 430-sonli qarori bilan Toʻraqoʻrgʻon tuman qishloq xoʻjalik korxonalari yerlarini bonitet ballari va klasslar boʻyicha guruhlashtirish Qaydnomasi tasdiqlangan boʻlib, “Shoxidon nurli diyori” MMTP hududidagi qishloq xoʻjalik xaritasining 292, 352, 353,548-konturlaridagi yerlar 29 bal bonitetli tuproq toifasiga kiritilgan.

Oʻrganish natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Namangan tumanlararo Maʼmuriy sudiga Тoʻraqoʻrgʻon tuman hokimining qarorni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida” kiritilgan ariza sud tomonidan koʻrib chiqilib qanoatlantirildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi