Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi


Bugun – 4 sentyabr kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq chalindi va yangi o‘quv yili boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-sonli qarorida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish, ularni o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyatni barpo etish, Vatanga sodiq, yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldor, yuksak ma’naviyatli, qat’iy e’tiqodga va mustaqil fikrga ega bo‘lgan, fuqarolik burchini chuqur his qiladigan, vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan barkamol avlodni shakllantirishda o‘ta muhim o‘rin tutadi.
 
Shu munosabat bilan adliya bo’limi boshlig’i F.Razzakova To’raqo’rg’on tuman hududida joylashgan 42-sonli umumta’lim maktabida o’tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida qatnashib, tadbirda maktabga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘asi bo‘lgan sumka va o‘quv qurollari topshirildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi