Янгиликлар
“Faxriylarimiz doimo e'zozda” nomli uchrashuv o‘tkazildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan adliya tizimida uzoq yillar mehnat qilib, ustoz sifatida o‘rin egallagan faxriylar uchun “Faxriylarimiz doimo e'zozda” nomli uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan dastlab FHDY arxiviga, so‘ngra Davlatobod va Yangi Namangan tumani adliya bo‘limlariga tashrif buyurilib, Davlat xizmatlari, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar guvohi bo‘lishdi.
Shundan so’ng, boshqarma boshlig‘i va Adliya vazirligi faxriylar kengashi a’zolari hamda uchrashuv ishtirokchilari xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarda yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalash, ularni tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetishga o‘rgatish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
Oʻtkazilgan tadbirlarda yoshlarga xos kuch-gʻayrat, oʻrta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashdi. Shu asnoda xulosalar qilinib, ishtirokchilar oʻzlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan oʻrtoqlashishdi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
https://t.me/namanganadliya/19857