Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tadbirkor foydasiga 2 milliard 946 million soʻm pul undirildi.


Yurtimizda jadal suratlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, qoʻyingchi xalqning farovon turmushini taʼminlashdek barcha ezgu-harakatlar zamirida faol tadbirkorlar va ishbilarmon yurtdoshlarimizning hissasi katta. Ahamiyatlisi, bugun ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bunda tuman, shahar adliya boʻlimlarining oʻrni va ahamiyati beqiyos.

Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbarining korxona tomonidan Namangan viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan Toʻraqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasida mukammal qayta qurish ishlari amalga oshirilgan boʻlsada javobgar hozirgi kunga qadar 2 946 000 000 soʻm haqdorligi toʻlanmay kelinayotganligi sababli, ushbu holatni qonuniyligini oʻrganib, haqdorlikni undirish yuzasidan sudga ariza kiritishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi. Oʻrganish jarayonida xususiy korxonasi rahbarining murojaati yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar koʻra Toʻraqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasini mu

kammal qayta taʼmirlash ishlari 2020-yil investitsiya dasturiga kiritilganligi, mazkur obʼektni belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, qurilish ishlari toʻliq tugatilib foydalanishga topshirilgan. Lekin, tadbirkor bilan toʻliq hisob-kitob qilinmagan. Tuman adliya boʻlimi aralashuvi bilan tadbirkor murojaati yuzasidan Namangan tumanlararo Iqtisodiy sudiga fuqaro manfaatini koʻzlab davo arizasi kiritildi.

 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi ish yurituviga joriy yilning 7 oyi davomida jami 286 ta murojaat kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 286 ta hal etilib, shundan 257 ta murojaat, qanoatlantirilgan. Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida 34 ta taqdimnoma, sudlarga 3 108 421 soʻmlik 33 ta daʼvo arizalari, shuningdek tegishli idoralarga aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha 31 ta takliflar kiritildi.

Shuningdek, adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvaliga asosan hisobot davrida tumanda 27 marotaba sayyor qabul oʻtkazilgan boʻlib, fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida boʻlimga ortda qolgan 7 oyi davomida 207 nafar fuqaroning murojaatlariga joyning oʻzida huquqiy tushuntirishlar berilib, 54 nafar shaxsning murojaati boʻlim ish yurituviga olingan.

Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarda aholining murojaatlariga ijobiy yechim topish va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadi mujassam. Shu islohotlarga hamohang tarzda Namangan viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar aholining murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqib, ijobiy hal etishga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda.