Янгиликлар
24
«Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb masalasi» mavzusida targ'ibot tadbiri
To'raqo'rg'on tuman yuridik xizmat ko'rsatish Markazi xodimlari tomonidan To'raqo'rg'on tuman Favqulotda vaziyatlar bo'limi xodimlari uchun «Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning dolzarb masalasi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida To'raqo'rg'on tuman yuridik xizmat ko'rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Janatillayev tomonidan korrupsiya tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari va omillari, korrupsiyaviy jinoyat turlari va ularga belgilangan javobgarlik, bu sohadagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumotlar berildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi