Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

"Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka o‘qitish"


 Joriy yilning 22- avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Kar va soqovlar jamiyati Namangan viloyati xududiy bo‘limi, "Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasi Namangan viloyati filiali va boshqa xamkor tashkilotlar bilan xamkorlikda  yoshlar va xotin-qizlar uchun tashkil etilgan 6 kunlik "Tadbirkorlik asoslari" mavzusidagi o‘quv kursining 5-kunida, Respublika va viloyat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.

 O‘quv kursi ishtirokchilariga, viloyat adliya boshqarmasi vakili J.Quchqarov, "Intelektual mulk nima", "Brend olish tartiblari" mavzusida, "Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasi viloyat filiali biznes treneri M.Otoboev, "Taym-menejment", "Marketing tushunchasi" mavzusida  prezentatsiya asosida ma’lumot va tushunchalar berib o‘tdilar.

Shuningdek o‘quv kursi jarayonida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi soxasi stretegik rivojlanish va tadqiqotlar halqaro markazi tomonidan amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish halqaro jamg‘armasi ishtirokidagi    loyixa hamda Jaxon banki ishtirokidagi Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyixasi vakillari S.Abdullaev, Sh.Usmonov,O.To‘xtashaevlar ishtirokchilarga, loyixani maqsad va vazifalari, soxadagi yangiliklar, imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot va tushunchalar berishdi.

Seminar-trening davom etmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi