Янгиликлар
21
Namangan shahar DXMda alohida toifa (yo‘lak)larga ajratgan holda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha choratadbirlari to‘g‘risida” Farmonida Markazlarda joriy qilingan xizmatlarni ko‘rsatish uchun talab etiladigan vaqtga qarab ularni alohida toifa (yo‘lak)larga ajratgan holda xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlsh maqsadida xizmatlar 3 xil (oson, o‘rta va murakkab) toifaga ajratilib, Toshkent shahrining Olmazor va Chilonzor tumanining davlat xizmatlari markazida yangi tartib bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilindi va bu o’zining ijobiy samarasini berdi.
Endilikda, Namangan shahar davlat xizmatlari markazida ham alohida toifa (yo‘lak)larga ajratgan holda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur amaliyot xizmat ko‘rsatish sifatiga bevosita ijobiy ta’sir qilib, buning natijasida kutish va xizmat ko‘rsatish vaqti esa o‘rtacha 2 baravarga qisqarishiga erishildi.
Bunda, xodimlarning malaka va tajribasi qay darajada ekanligini aniqlash, qaysi xizmatlarda muammoga duch kelayotganligiga e’tibor qaratib, malakasini oshirib borish, yangi ishga qabul qilingan xodimlarni “oson” davlat xizmatlari toifasida xizmat ko‘rsatishdan boshlab, “murakkab” toifasigacha bosqichma-bosqich o‘tkazish choralarini ko‘rish, “ustoz-shogird” tamoyillari asosida faoliyat yuritish tizimini mustahkamlashga erishiladi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi