Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya aralashgach tadbirkor foydasiga 665 million so’mga yaqin pul undirib berildi


Yurtimizda jadal suratlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, qoʻyingchi xalqning farovon turmushini taʼminlashdek barcha ezgu-harakatlar zamirida faol tadbirkorlar va ishbilarmon yurtdoshlarimizning hissasi katta. Ahamiyatli jihati, bugun ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bunda tuman, shahar adliya boʻlimlarining oʻrni va ahamiyati beqiyos.

Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan tadbirkor Qosimxon Xomidovning murojaati oʻrganib chiqildi. Murojaatda jamiyat tomonidan sobiq Kosonsoy tumani maktabgacha taʼlimi boʻlimi bilan tuzilgan shartnomaga asosan tuman maktabgacha boʻlimi binosini mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan boʻlsada, biroq hozirgi kunga qadar boʻlimi tomonidan jami 664 133 780 soʻm qarzdorlik toʻlanmay kelinayotganligi sababli, ushbu holatni qonuniyligini oʻrganib, haqdorlikni undirish yuzasidan sudga ariza kiritishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Maʼlum boʻlishicha, masʼuliyati cheklangan jamiyati 2021-yil 21-sentabrda Kosonsoy tuman maktabgacha taʼlimi boʻlimi bilan “Kapital qurilish, qurilish taʼmirlash va pudrat ishlarini bajarish toʻgʻrisida”gi 540 975 214 soʻmlik 12-sonli shartnoma hamda 2021 yil 21-sentabrdagi xuddi shu mazmundagi 123 158 566 soʻmlik 13-sonli shartnoma tuzilib, jamiyat tomonidan shartnoma talablari boʻyicha mukammal taʼmirlash ishlari toʻliq bajarilgan boʻlsada, biroq Kosonsoy tuman maktabgacha boʻlimi tomonidan hozirgi kunga qadar jami 664 133 780 soʻmlik qarzdorlik toʻlanmay kelinayotganligi aniqlandi.

Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan Yangiqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudiga davo arizasi kiritilib, sudning qaroriga muvofiq tadbirkorga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻi undirib berildi.

Albatta tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi fuqarolarga avvalo ishchanlik muhitini yaratib berish darkor. Agar uning faoliyatiga biror bir toʻsqinlik yoki turli byurokratik toʻsiqlar boʻlsa bu ishbilarmon soha vakillarining ish unumdorligiga salbiy taʼsir etadi. Tadbirkorning buzilgan huquqi tiklanishi ortidan uning hal boʻlmayotgan muammosi yechim topishi bilan birga, yangidan-yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga zamin boʻladi.