Янгиликлар
"Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash oliy maqsad"
Namangan tuman FXDYO boʻlimida Namangan tuman hokimi S.Moʻminov, tuman hokimi oʻrinbosari M.Toʻychiyeva, FXDYO boʻlimi mudiri D.Zayniddinova ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi VM-820 sonli qarori ijrosi yuzasidan 7-10-avgust kunlari Namangan tuman "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" markazida tashkil etilgan qisqa muddatli oʻquvda ishtirok etgan oila qurish istagini bildirgan 16 juftlik yoshlarga tuman hokimi S.Moʻminov tomonidan tantanali sertifikat topshirildi.
Yigʻilish davomida tuman hokimi S.Moʻminov xozirgi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlgan "Yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash" borasida oʻzlaring fikirlarini bildirib oila qurish arafasida turgan yoshlarga oʻzlarining iliq fikirlarini bildirdilar.
"Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" markazlarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash natijasida hududlarda ajrim, oilaviy nizolar, oila turmush doirasida jinoyatlarni oldini olishga erishilmoqda.