Янгиликлар
“Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz”
“Mehnat huquqi” bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazilgan respublika tanlovda test savollariga eng qisqa muddatda va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 10 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savollarga bergan javoblari baholandi.
Baholash natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi.
Mazkur respublika tanlovida faxrli 3-o‘rinni Namangan viloyatidan Anarov Ilg‘orjon Zakiraliyevich qo‘lga kiritdi.
G‘olibga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
https://t.me/namanganadliya