Янгиликлар
01
«Men mahallam huquqshunosiman» loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda…
Xabaringiz bor, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan «Men mahallam huquqshunosiman» loyihasi doirasida mahallalarda tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur loyiha doirasida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari (FHDY, DXM, YXKM va notariat) xodimlari tomonidan dam olish kunlari o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallalarda aholining murojaatlarini tinglash, ularga huquqiy yechim topishga ko‘maklashish, qonunchilikdagi yangilik va o’zgarishlar yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilib, mahalladoshlarining huquqiy savodxonligini oshirish yo’lida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi