Янгиликлар
Bir yillik faoliyat : kamchiliklar va xulosalar
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab umumiy o`rta ta'lim maktablariga ham yuridik xizmat ko`rsatish belgilangan edi. Mana, hademay 1-avgust kuni ushbu faoliyat boshlanganiga ham rosa bir yil bo`ladi.
Shu kun arafasida 2023-yil 26-iyul kuni Yangi Namangan tumani adliya bo`limining yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomondan Markaz boshlig`i M.Melixanova raisligida tumandagi umumiy
o`rta ta'lim maktablari rahbarlari, Markaz bilan bevosita hamkorlikda ish olib borayotgan xodimlari bilan uchrashuv o`tkazildi, maqsad - hamkorlikdagi faoliyatimizda har ikki tomondan yo`l qo`yilayotgan ayrim kamchiliklarini atroflicha muhokama qilish, ulardan foydali xulosalar chiqarish, muammolarni aniqlash va ularga yechim topish bo`ldi.
Mazkur uchrashuv yuqori tempad olib borildi. Unda "E-huquqshunos" tizimi orqali hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o`tkazish borasida bir qator masalalar muhokama qilindi. Chunonchi, umumiy o`rta ta'lim maktablari tomonidan hujjat loyihalari tayyorlashda surunkali ravishda yo`l qo`yilayotgan xatoliklar tahlil qilindi, tahlillar yakuni bo`yicha ularga zarur yo`l-yo`riqlar ko`rsatildi. Qolaversa uchrashuv davomida "E-huquqshunos" tizimidagi real kamchiliklarga, umumiy o`rta ta'lim maktablarini qiynab kelayotgan masalalarga diqqat qaratildi.
Uchrashuv yakunida yangi o`quv yilidan yo`l qo`yilgan ayrim kamchiliklardan ijobiy xulosa chiqargan holda hamkorlikdagi faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishga, uni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Mazkur uchrashuv umumiy o`rta ta'lim maktablari tomonidan ijobiy baholandi hamda ikki tomon uchun ham manfaatli bo`ldi.