Янгиликлар
Shtab faoliyati sarxisob qilindi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Shtab faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan Tashkiliy yigʻilishda Adliya va Ichki ishlar hamkorligida tashkil etilgan Shtab faoliyatini 2022-yilda amalga oshirgan ishlari, bajarilishi ahvoli, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil va tanqid qilindi. Shuningdek, 2023-yilgi ustuvor vazifalari belgilab olindi.
2023 yilning 6 oyi davomida viloyatdagi Qizil toifaga kiritilgan mahallalar soni 229 ta, Sariq toifaga kiritilgan mahallalar soni 327 ta, Yashil toifaga kiritilgan mahallalar soni 232 tani tashkil etadi.
2022 yil davomida ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi bois, ayrim jinoyat mahallalar qizil toifada qolishi kuzatilgan.
Viloyatdagi 788 ta mahallalardan 232 tasida (29,4%) jinoyatlar sodir etilmagan, 327 tasida (41,5%) kamaygan va barqaror saqlangan, 229 tasida yoki (29,1%) foizida jinoyat oshishiga yo‘l qo‘yilgan.
Yig’ilish davomida, dahldor tashkilotlar bilan hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish, mahallalarda fuqarolarni huquqiy savodxonligini oshirish yo’lida amalga oshirish lozimligi tushuntirildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi