Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Namanganda start olgan “Firibgarlikdan ogoh boʼling” nomli targ‘ibot tadbiri davom etmoqda.


Bugun Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda Namangan viloyati hududida firibgarlik jinoyatini oldini olish, qolaversa fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida Namangan shahar Sherbuloq massividagi “Аvtomegastroy material savdo kompleksi” MChJ avtomobil bozorida “Firibgarlikdan ogoh boʼling” nomli manzilli profilaktik huquqiy targʼibot tadbiri oʼtkaziladi.

Targ‘ibot tadbiri davomida adliya xodimlari, YPX mas'ul xodimlari, notariuslar, IIB tergovchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan aholiga firibgarlik tushunchasi, uning turlari va shakllari hamda firibgarlikdan saqalanishning yo‘llari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga tarqatma materiallar (flayer va buklet) tarqatilib, qiziqarli huquqiy viktorina va firibgarlik jinoyati yuzasidan anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, so‘rovnomada faol ishtirok etgan fuqarolarga adliya boshqarmasining estdalik sovg‘alari topshirildi.

Qolaversa, bozor hududida notarius xizmati (sayyor notarial harakatlar) va bepul huquqiy maslahat kurslari hamda bozor hududidagi radio-uzel orqali tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Ma'lumot uchun, bu kabi avvalgi targ‘ibot tadbirlari 7-may kuni  (https://t.me/namanganadliya/16912)Namangan shahar Sherbuloq massividagi “Аvtomegastroy material savdo kompleksi” MChJ avtomobil bozorida va 11-may kuni  (https://t.me/namanganadliya/16977)Norin tumanidagi "Norin avto savdo bozori" MChJ avtomobil bozorida o‘tkazilgan edi.

Bizni kuzatishda davom eting! 



Namangan viloyat adliya boshqarmasi