Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Murojaatlar tahlili


Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 472 ta murojaatlar kelib tushgan.

Shundan, viloyat adliya boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 1 611 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 1 045 tasi hal etilib, shundan 272 ta murojaat qanoatlantirilgan, 773 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 8 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 193 tasi tegishliligi boʻyicha, 312 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 1 861 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 1 645 tasi hal etilib, shundan 1 090 ta murojaat qanoatlantirilgan, 555 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va

42 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 122 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 1 611 ta murojaatlar (539 ta shikoyat, 1 072 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 98 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 498 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 145 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 10 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 18 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 801 ta;

boshqa sohalarga oid – 41 ta.


Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Murojaatlarning 1 045 tasi hal etilib, shundan 272 tasi (26%) qanoatlantirildi, 773 tasiga (74%) huquqiy tushuntirish berildi va 8 tasi (0,4%) koʻrmasdan qoldirilgan. Kelib tushgan jami (1 611 tadan) murojaatlarning 193 tasi (12%) tegishliligi boʻyicha, 312 tasi (19%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 36 foizi (35 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 17 foizi (84 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 13 foizi (19 ta);

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 27 foizi (5 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 12 foizi (94 ta);

boshqa sohalarga oid – 85 foizi (35 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 34 ta taqdimnoma,

16 ta maʻmuriy taklif, 20 ta daʻvo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan taʻsir choralari natijasida 2 mlrd. 140 mln 580 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 11 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda

12 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 20 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 63 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 39 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 782 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 575 tasi hal etilib, shundan 77 tasi (13%) qanoatlantirildi, 498 tasi (87%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 142 tasi (18%) tegishliligi boʻyicha yuborilgan, 17 tasi (2%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 498 ta (250 ta shikoyat, 248 ta ariza) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 172 tasi (343,5 %) hal etilib, shundan 84 tasi (49 %) qanoatlantirildi, 88 tasiga (51 %) huquqiy tushuntirish berilgan va 8 tasi (1,6 %) koʻrmasdan qoldirilgan. Shuningdek, murojaatlarning 131 tasi (26,3 %) tegishliligi boʻyicha, 176 tasi (35,3 %) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 17 ta taqdimnoma, 9 ta maʻmuriy taklif, sudlarga 8 ta daʻvo arizalari kiritilgan.

Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 54 mln 879 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 9 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 12 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 3 ta hujjat bekor qilindi.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 47 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 42 ta;

- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 30 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 5 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 6 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 1 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 12 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 8 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 31 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 58 ta.

Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

2. Notariat va advokatura sohasida.

Notariat va advokatura sohasida jami 145 ta (67 ta shikoyat, 78 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 105 tasi (72,4 %) hal etilgan boʻlib, shundan 19 tasi (18 %,) qanoatlantirildi, 86 tasiga (82 %) huquqiy tushuntirish berilgan, 35 tasi (24%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 23 ta;

- notariatga oid 37 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 4 ta.


Diagramma 5. Huquqiy xizmat sohasida kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqilishi va hal etilishiga etibor qaratadigan boʻlsak, quyidagicha natijalarga erishilganligi kuzatiladi.

Jumladan, shikoyatlar boʻyicha:

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 1 316 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 1 184 tasi (90%) hal etilib, shundan 888 tasi

(75%) qanoatlantirilgan, 296 tasiga (25%) huquqiy tushuntirish berilgan, 64 tasi (5%) taalluqligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 33 tasi (2,5%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

 

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 170 ta taqdimnoma, 62 ta maʻmuriy taklif, sudlarga

385 ta daʻvo arizalari kiritilgan.

Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 14 mlrd 907 mln 625 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 45 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 20 ta hujjat bekor qilindi.

1.                Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 659 ta (525 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- taʻlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 37 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 123 ta;

- uy-joy masalasida 43 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 20 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 28 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 19 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 5 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 10 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 3 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga doir 1 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 361 tani tashkil etmoqda.

 

2. Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 545 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 461 tasi hal etilib, shundan 202 tasi (44 %) qanoatlantirilgan,

259 tasiga (56 %) huquqiy tushuntirish berilgan boʻlib, kelib tushgan jami arizalarning 58 tasi (11%) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan,

9 tasi (1.6%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 82 ta;

kadrlar masalasida 4 ta;

notariatga oid 2 ta;

boshqa masalalarda 451 ta arizalar kelib tushgan.

IV. Boʻlimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boʻlimlar tomonidan jami qabullar davomida 1 489 ta murojaat qayd qilingan boʻlib, shulardan 579 tasi sayyor qabul paytida, 910 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.

Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning

1 363 tasi hal etilib, shundan 947 tasi (69%) qanoatlantirilgan, 416 tasiga

(31%) tushuntirish berilgan, 85 tasi (6%) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 7 tasi (0.4%) koʻrmasdan qoldirilgan.

V. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

- Yangiqoʻrgʻon tumani (kelib tushgan 68 ta, qanoatlantirilgan 55 ta (80,9%);

- Norin tumani (kelib tushgan 52 ta, qanoatlantirilgan 41 ta (78,8%);

- Yangi Namangan tumani (kelib tushgan 35 ta, qanoatlantirilgan 27 ta (77,1%);

- Toʻraqoʻrgʻon tumani (kelib tushgan 189 ta, qanoatlantirilgan 142 ta (75,1%);

- Pop tumani (kelib tushgan 84 ta, qanoatlantirilgan 62 ta (73,8%) adliya boʻlimlari tomonidan yuqori koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.

Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Chust tumani (kelib tushgan 204 ta, qanoatlantirilgan 121 ta (59,3%);

- Uchqoʻrgʻon tumani (kelib tushgan 80 ta, qanoatlantirilgan 47 ta (58,8%);

- Davlatobod tumani (kelib tushgan 61 ta, qanoatlantirilgan 33 ta

(54,1%) adliya boʻlimlari tomonidan past koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.

Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qatʻiy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini taʻminlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini koʻchaytirish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha maʻsullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida etibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida eʻtibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.

 

 

Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi