Янгиликлар
Adliya ko’magida murojaatchi ishga tiklandi
To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabiga tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytaolmayotganidan norozi bo'lgan fuqro M.X.ning murojaati o’rganib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 404-moddasida ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur kodeks 405-moddasi 5-qismida Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanishi ko’rsatilgan.
Adliya bo’limi tomonidan murojaatni o’rganishda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan kiritilgan ta’sir chorasi natijasida fuqaro ishga qaytdi.