Янгиликлар
04
Majburiy mehnat barxam topdi
Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Oila poliklinikaning bir gurux xodimlari tomonidan xodimlarni gʻayriixtiyoriy ravishda ish vaqtidan tashqari ishlashga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida majburiy navbatchilikka jalb qilinganligi yuzasidan murojaatlari kelib tushdi.
Oʻrganish davomida Yangi Namangan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Oila poliklinika mudiri tomonidan poliklinika tibbiyot xodimlari uchun ertalabki 8:00-dan kechki 20:00-gacha navbatchilik jadvali tasdiqlanganligi, mazkur jadvalga asosan xodimlar haqiqatda majburiy ravishda ish vaqtidan tashqari ishga, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishga jalb qilib kelinayotganligi, bunday ishlar uchun xodimlarning yozma roziliklari olinmaganligi va ularga qoʻshimcha haq toʻlab berilmayotganligi va aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasining 4 qismida majburiy mehnat taqiqlanishi belgilab qoʻyilgan. Shuningdek kodeksing 189-moddasi 6-qismiga koʻra, ish beruvchi tomonidan xodimni uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Xususan, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, agar ishda tanaffusga yoʻl qoʻyilmasa, smena almashayotgan xodim kelmay qolganda va boshqa hollardsagina xodimni qoʻshimcha ishga jalb qilinishi mumkin.
Biroq, amalda muassasaning tibbiyot xodimlari yuqorida nazarda tutilgan hollar mavjud boʻlmasa-da, ularning yozma roziliklarisiz majburiy ravishda ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilib kelingan, xodimlarga ish vaqtidan tashqari ish uchun qoʻshimcha haq ham toʻlab berilmagan.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 262-moddasida ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlash belgilangan.
Yuqoridagilarga koʻra, boʻlim tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan ushbu muassasada majburiy mehnat barxam topdi, xodimlarga ish vaqtidan tashqari ish uchun qoʻshimcha haq ham toʻlab berilishi taʼminlandi hamda muassasa rahbari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Yangi Namangan tumani adliya bo’limi