Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Davlat xizmatlari markazlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda


Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/adliyangiliklari/8620) Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan joriy yilning 28-iyun — 2-iyul kunlari dam olish kuni etib belgilangan.

Shu o'rinda, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, Davlat xizmatlari markazlari dam olish kunlari ham xalqimiz xizmatida bo‘lishmoqda. 

Xususan, bugun 29-iyun kuni ham – Respublikamizning barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari soat 09:00 dan 15:00 ga qadar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatishdi.

Ma'lumot uchun: Ushbu qulaylikni tashkil etishda Adliya vazirligi, xodimlarning ish grafigini mehnat qonunchiligi doirasida qayta koʻrib chiqilgan. Shu o'rinda tashkil etilgan grafigka asosan, xodimlar belgilangan ish kunlarida navbatcilik asosida ishlashadi (har bir xodim bir marotaba chiqadi) hamda ularga qonunchilikda belgilangan tartibda ish xaqqi berilishi kafolatlanadi.

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonida qulayliklarni yaratishda davom etadi.

Sizlardan ham xizmatlardan foydalanishda tartibni saqlashingizni, navbatga rioya qilishingizni hamda oʻzaro hurmatni saqlab, sabrli boʻlishingizni soʻrab qolamiz.