Янгиликлар
DA’VO ARIZALAR XODIMLAR FOYDASIGA XAL ETILDI
Chust tuman Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan ish haqlarini xodimlarga to‘g‘ri to‘lanmaganligi sababli Chust tuman adliya bo‘limi tomonidan ish haqlarini undirish yuzasidan da’vo arizalar kelib tushdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Chust tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va xodim o‘rtasida ish haqlarini hisoblashda belgilangan ish haqlari yuzasidan hisob-kitob qilib borilmagan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori 1-ilovasida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 125-sonli qarori tahririda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalari hamda departamentlar, ixtisoslashtirilgan boshqarmalar, shuningdek, maxsus ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarmoq asosida tuman (shahar) obodonlashtirish xodimlariga belgilangan tarif setkasi 12-qatorida qabriston nazoratchisiga 4-razryadda ish haqi to‘lanishi belgilangan.
Jumladan, Chust tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari manfaatlarini ko‘zlab, To‘lanmagan ish haqini undirish yuzasidan da’vo arizasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirildi.
K.Xomidov
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Chust tumanlararo sudining sudyasi