Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sayyor xizmat manzil, makon tanlamaydi! DXM xodimlari bozorda!


"Inson huquqlari - oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi Namangan viloyatida ko’tarinki ruhda davom etmoqda.

 Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Sayyor xizmat" tadbirlardan ko‘zlagan asosiy maqsad aholini uzog‘ini yaqin mushkulini oson qilishdan iborat.

Shuningdek, aholini davlat xizmatlaridan onlayn tazda foydalanish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Mingbuloq tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandagi “Mingbuloq dehqon bozori” sayyor xizmat tashkil etdi.
Sayyor tadbir  davomida fuqarolarga  masofadan turib onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari, shuningdek Mobil-ID dan ro’yxatdan o’tish hamda  davlat xizmatlari ko’rsatish sohasidagi yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, targ’ibot bukletlari tarqatildi.

Sayyor xizmat tadbiri davomida, "Ayollar daftari","Yoshlar daftari","Temir daftari"da ro‘yxatda turgan fuqarolarga kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish yuzasidan tushuntirish berildi.

Shu kuni 10 nafar fuqaroning uzog’i yaqin, mushkuli oson bo’lishiga ko’maklashildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi



Kanalga ulanish https://t.me/namanganadliya