Янгиликлар
“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida adliya bo’limlari tomonidan “Sayyor qabul” o’tkazildi.


Shunday qabullardan biri, Namangan tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Dehqonobod” MFYda “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 15 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 3 tasi uy-joy olishga subsidiya, 4 tasi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, 1 tasi pensiya masalasida, 2 tasi sanatoriyaga davolanishga yo‘llanma olish, 1 tasi aliment undiruvi masalasida, 1 tasi meros masalasida hamda 2 tasi boshqa masalalardagi murojaatlarni tashkil qildi. Murojaatlarning 7 tasi joyida hal qilindi, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 1 ta murojaat ish yurituviga olindi.
Shuningdek, Prezidenti saylovini tashkil qilish va o‘tkazishga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida 180 nafarga yaqin fuqaro qatnashgan boʻlsa, ularning 168 nafariga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 12 ta murojaat qoʻshimcha oʻrganish talab etgani bois, adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
Oʻtkazilayotgan bu kabi aksiya tadbirlari nafaqat aholi muammolarini oʻrganish, balki ishtirokchilarni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish imkonini ham bermoqda.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish https://t.me/namanganadliya