Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Aksiya doirasidagi tadbirlarda fuqarolarning murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan iyun oyida “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasini oʻtkazish rejalashtirilgan. Mazkur yoʻnalishda Namangan viloyati adliya boshqarmasi shahar va tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan ham tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Bugun mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar qizgʻin tus olgan. Bu jarayonda xalq bilan ochiq muloqot oʻtkazish, fuqarolar murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini taʼminlash muhim oʻrin tutmoqda. Ayniqsa, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarning muammo va masalalariga alohida eʼtibor qaratib, ularning buzilgan huquqlari qonuniy tartibda tiklab berilmoqda.
Jumladan, Minbuloq tumani adliya boʻlimiga 2023 yilning 3 oyi davomida jami 43 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 18 tasi tuman markazidan olisda boʻlgan hududlarda oʻtkazilgan sayyor qabullar natijasida qabul qilingan boʻlsa, 25 tasi bevosita boʻlim idorasida qabul qilingan murojaatlarni tashkil etadi.

Uychi tumani “Beruniy” mahallasida yashovchi J.Toshbayevning ish haqiga qo‘shimcha to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqlari to‘lanmayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan. Mazkur murojaat yuzasidan tuman adliya bo‘limining tashabbusi bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro foydasiga jami 45.789.544 so‘m ustamalarni undirish belgilandi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Mingbuloqlik Maʼrufatxon Mirxayitova mana bir necha yildirki, fuqarolik pasporti yoʻqligi sabab farzandiga tugʻilganlikni qayd etish imkoni boʻlmadi. Oradan yillar oʻtib, farzandi ulgʻayib maktab yoshiga yetganida hujjatlarini toʻgʻrilashga kirishdi. U dastlab, tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga murojaat qildi. Mazkur murojaat batafsil oʻrganilib, fuqaroning oʻziga tugʻilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib fuqarolik pasporti olingandan soʻng, farzandiga tugʻilganlik guvohnomasi rasmiylashtirishga kirishildi. Shu oʻrinda, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi arxivida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarining raqamlashtirilgani fuqarolarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson boʻlishiga xizmat qilinganini alohida taʼkidlash oʻrinli.


Mingbuloq tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan bir oilaning 2 nafar aʼzosiga muddati oʻtgan tugʻilganlik guvohnomasi yozib berildi. Endi, Maʼrufatxon Mirxayitova yurtimizda yaratilgan sharoitlardan emin-erkin foydalanishi mumkin. Farzandi esa, mustaqil vatanimizning chinakam fuqarosi boʻlib, yurt taraqqiyoti va yuksalishiga munosib hissa qoʻshib, yaratilgan keng imkoniyat va qulayliklardan foydalanishlariga imkon yaratildi.

“Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda shahar, tuman adliya boʻlimlariga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularning qonuniy manfaatlari taʼminlab kelinmoqda.



A'zamjon Xudaynazarov
Mingbuloq tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi