Янгиликлар
12
Adliya spartakiadasining yakuni boʻyicha munosiblar taqdirlandi.

Adliya spartakiadasining ochilish marosimidan soʻng sportning futbol, kamondan oʻq otish, stol tennisi, arqon tortish, shashka, armrestling hamda badminton turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
Unda oʻzining moʻljalga aniq tekizish boʻyicha qobiliyatini namoyish etgan merganlar ichida Namangan viloyati jamoasi vakili Saidaxmadxonov Anvarxon Muxammadixon oʻgʻli 1-oʻringa munosib deb topildi. Mazkur yo’nalishda o’tgan yili 3-o’ringa loyiq ko’rilgan edik.
Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan yengil atletika musobaqasida 3-oʻrin Namangan viloyat adliya boshqarmasidan Jamshid Yunusovga nasib qildi.
Shuningdek, stol tennisi boʻyicha ayollar oʻrtasida o’tkazilgan musobaqada boshqarma nomidan ishtirok etgan Dilafzal Toxirova 1-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, yana bir xodimimiz Nurillo Nishonov Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi boʻyicha faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.
Aql mashqida Dilafzal Toxirova sovrindorlar safidan joy olgan bo’lsa, qizg’in va murosasiz kechgan Futzal o’yinida kasbdoshlarimizga biroz omad yetishmadi yakunda esa, faxrli ikkinchi bizga nasib etdi. Namangan
Qiziqarli voqeiyliklarga sabab boʻlgan Adliya spartakiadasi yakuni boʻyicha umumjamoa hisobida Namangan viloyati adliya boshqarmasi 1- oʻrinni egalladi.
Adliya spartakiadasining soʻngida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarga hamda yakkalik bahslari gʻoliblariga vazirlikning sertifikat va pul mukofotlari topshirildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi