Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi Namangan viloyatida ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning  2-iyundan-30- iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi eʼlon qilindi.

Mazkur aksiya doirasida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subʼektlari uchun manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Uning doirasida esa, “Sayyor qabullar” tashkil etildi.

Jumladan, Uchqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi Madaniyat boʻlimidagi uchrashuvda oʻtkazilayotgan aksiyani maqsadi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, uchqoʻrgʻonlik fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan "Isvaxon" mahallasida fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi. Qabulda 10 nafar fuqaroning 12 ta muammosi tinglandi.  Ulardan 8 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab qilgan 2 ta murojaat boʻlim ish yurituviga olindi. 

Aksiya doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda fuqarolarga qonunchilikdagi imtiyozlar tushuntirildi.
Xalq bilan oʻtkazilgan muloqotlarda Prezidenti saylovini tashkil qilish va oʻtkazishga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

 Shuningdek, xotin-qizlarning mehnat va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan huquq va imtiyozlari haqida keng maʼlumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi



Kanalga ulanish:https://t.me/namanganadliya