Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi


Adliya vazirligi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan — 30-iyun kuniga qadar “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi eʼlon qilindi.

Aksiya doirasida:

– viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari rahbarlari boshchiligida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda reja (grafik) asosida mahallalarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi;

– ommaviy sayyor qabullar davomida fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratiladi, oʻrganilishi talab etilayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanadi;

– fuqarolarning buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi;

– fuqarolarning huquqlariga rioya etilishi holatlari va eng koʻp qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilayotgan sohalarni aniqlash maqsadida hududlar kesimida onlayn soʻrovnomalar tashkil etiladi.

– fuqarolarning huquqlari buzilishi eng koʻp uchrayotgan sohalar boʻyicha soʻrov yoʻli bilan monitoringlar oʻtkaziladi.

Aksiya davomida boshqarma hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari rahbarlari boshchiligida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalarda oʻtkaziladigan ommaviy sayyor qabullarda Sizni qiynayotgan muammolar va boshqa huquqiy savollar bilan murojaat etingiz mumkin.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi