Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Tadbirkorning 541 milliondan ziyod pul mablagʻi adliya aralashuvi bilan ijobiy hal etildi.


Bir_murojaat_izidan

Yurtimizda jadal suratlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, qoʻyingchi xalqning farovon turmushini taʼminlashdek barcha ezgu-harakatlar zamirida faol tadbirkorlar va ishbilarmon yurtdoshlarimizning hissasi katta. Ahamiyatlisi, bugun ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bunda tuman, shahar adliya boʻlimlarining oʻrni va ahamiyati beqiyos.

Chustlik Erkinjon Isoqov tumaning oldi tadbirkorlardan. Hozirda 70 nafar doimiy, 50 nafar mavsumiy ishchilarni ish bilan taʼminlagan. Tadbirkorlik faoliyati davomida Chust tuman adliya boʻlimining huquqiy maslahat va koʻmaklaridan foydalanadi. Tuman adliya boʻlimi xodimlari esa bu kabi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini doimo himoya qilib, uning murojaatlarini qonuniy hal etilishida koʻmaklashmoqda. Bu gal ham uning murojaati yuzasidan Chust tumanlararo Iqtisodiy sudiga fuqaro manfaatini koʻzlab davo arizasi kiritildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tadbirkor oʻz murojaatida pudrat shartnomasiga asosan taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirgan ishlar uchun Chust tumani Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan toʻlab berilmagan jami 541 million 16 ming soʻm mablagʻlarni tadbirkor foydasiga undirib berish yuzasidan uning manfaatini koʻzlab adliya boʻlimi tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Albatta tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi fuqarolarga avvalo ishchanlik muhitini yaratib berish darkor. Agar uning faoliyatiga biror bir toʻsqinlik yoki turli byurokratik toʻsiqlar boʻlsa bu ishbilarmon soha vakillarining ish unumdorligiga salbiy taʼsir etadi. Tadbirkorning buzilgan huquqi tiklanishi ortidan uning hal boʻlmayotgan muammosi yechim topishi bilan birga, yangidan-yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga zamin boʻladi.

Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarda aholining murojaatlariga ijobiy yechim topish va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadi mujassam. Shu islohotlarga hamohang tarzda Namangan viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar aholining murojaatlarini belgilangan muddatlarda koʻrib chiqib, ijobiy hal etishga oʻz hissalari qoʻshib kelmoqda.

Azamat Jo’rayev, 
Chust tumani adliya bo’limi boshlig’i