Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Namangan viloyat adliya boshqarmasida xotin-qizlar va bolalar huquqlariga doir Seminar-trening o‘tkazildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasida xotin-qizlar va bolalar huquqlariga doir Seminar-trening o‘tkazildi.

(“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan)

 Joriy yilning 26-may kuni Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati, Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar hamda oila va xotin-qizlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan muloqotda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. 

Tadbir ma'ruzachilari xotin qizlar faollari uchun mazkur Qonunning ahamiyati haqida gapirib, ushbu huquqiy hujjat bilan bir qatorda qonunchilikhujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida maʼlumot berdilar. 

Bu o‘z navbatida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini taʼminlash, ular o‘rtasida zo‘ravonlik va turli tazyiqlarning oldini olishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Muloqotda mavzu yuzasidan savollar berilib, ularga batafsil javoblar qaytarildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish: https://t.me/namanganadliya