Янгиликлар
Hamkorlikda seminar tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta‘minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma va uning tizimidagi idoralarda tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligini doriasida Namangan viloyat adliya boshqarmasining majlislar zalida tadbir o’tkazildi.
Tadbir davomida, Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomondan Tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha seminar-trening o‘tkazildi.
Unda, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda qanday yo’l tutish lozimligi haqida fikr-mulohaza yuritildi. Shuningdek, turli texnogen holatlarda to’g’ri harakatlanish yuzasidan videorolik namoyish etildi.
Tadbir so’nggida, xodimlarning qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish- https://t.me/namanganadliya