Янгиликлар
Gender tengligi
Joriy yilning 12-may kuni Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Namangan viloyat kengashi hamda xotin-qizlar faollari hamkorlikda Viloyat madaniyat markazida O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish haqida 2022-yil 15-dekabrdagi O’RQ-809-son Qonunini amalga oshirish bo‘yicha targ’ibot tadbiri o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz!
Mazkur targ‘ibot tadbiri O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O’zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasining qo‘shma targ‘ibot rejasi asosida o‘tkazildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi