Янгиликлар
Sudiyalikka nomzod bo‘lgan xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi.
Tayyorlash kursiga o‘ttiz to‘rt yoshdan kichik bo‘lmagan (shuningdek, joriy yilning 31 dekabr kuniga qadar o‘ttiz to‘rt yoshga to‘ladigan), oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qabul qilinadi.
Mazkur qabul jarayonlari yuzasidan Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo‘limida faoliyat olib borayotgan xodimlari ichidan ham Sudiyalik lavozimlariga nomzod bo‘lganlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Sudiyalar oliy kengashi raisining 2023-yil 25-apreldagi qarori ijrosi hamda “Sudiyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023-2024- o‘quv yili uchun qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ochiq muloqot davomida nomzodlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi