Янгиликлар
Namanganda start olgan “Firibgarlikdan ogoh boʼling” nomli targ‘ibot tadbiri endi Norin tumanida o‘tkazildi.
Bugun Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Ichki ishlar boshqarmasi va Norin tumani adliya bo‘limi hamkorlikda Namangan viloyati hududida firibgarlik jinoyatini oldini olish, qolaversa fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida Norin tumanidagi "Norin avto savdo bozori" MChJ avtomobil bozorida “Firibgarlikdan ogoh boʼling” nomli navbatdagi manzilli profilaktik huquqiy targʼibot tadbiri oʼtkaziladi.
Targ‘ibot tadbiri davomida adliya xodimlari, YPX mas'ul xodimlari, notariuslar, IIB tergovchilari va profilaktika inspektorlari tomonidan aholiga firibgarlik tushunchasi, uning turlari va shakllari hamda firibgarlikdan saqalanishning yo‘llari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarga tarqatma materiallar (flayer va buklet) tarqatilib, qiziqarli huquqiy viktorina va firibgarlik jinoyati yuzasidan anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Qolaversa, bozor hududida notarius xizmati (sayyor notarial harakatlar) va bepul huquqiy maslahat kurslari hamda bozor hududidagi radio-uzel orqali tushuntirish ishlari tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, bu kabi avvalgi targ‘ibot tadbirlari 7-may kuni Namangan shahar Sherbuloq massividagi “Аvtomegastroy material savdo kompleksi” MChJ avtomobil bozorida o‘tkazilgan edi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi