Янгиликлар
09
Inson xotirasi barhayotdir!
Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ajdodlar ruhini shod etish hamda ularni xotirasiga hurmat ko'rsatish maqsadidaNamangan shahrida joylashgan "Xotira" xiyoboniga tashrif buyurdilar.
U yerda motamsaro ona haykali timsolida beg'ubor qalbi alam, qayg'u, faryodlarga to'lgan va yurtimizda yashab o'tgan matonatli onalarga ta'zim bajo etdilar va poyiga gul qo'ydilar. Zero, xotira miqaddas, inson qadri va ajdodlar yodi qalblarimizda mangu yashayveradi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi