Янгиликлар
04
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvida mavjud muammolar o’rganilib, hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qiynab kelayotgan muammo va masalalarini hal etish, ayniqsa mahallalardagi ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor har qachongidanda dorzarb ahamiyatga ega.

Bunday jarayonlarda hududiy adliya organlarining roli va ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqarma boshlig‘ining noodatiy uchrashuvlaridan biri Namangan shahrining “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 25- sonli maktab binosida o‘tkazildi.
Mazkur muloqotda “Majnuntol” hamda “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvchi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 65 nafar fuqaroning turli masalalardagi muammolari tinglandi.
Dastlab, mahalladagu “Beshlik”ning olib borayotgan faoliyati yuzasidan fikr-mulohaza almashilib, turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish, mahallada jinoyatchilikka barham berish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘htalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, turli maslalarda qabulga kelgan fuqarolarning muammolarni hal etishga kirishildi.
Fuqarolarning, uy-joy, ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha qilgan murojaatlari aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, yana bir nechta murojaatlarga shu joyning o‘zida huquqiy tushuntirish berildi.
Uchrashuv davomida, “Majnuntol” mahallasida istiqomat qiluvchi, bemorlarning xonadoniga borib, ularning murojaatlari o‘rganildi. Bir fuqaroni tibbiyot muassasasiga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Darhaqiqat, joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi davra suhbatlari, uchrashuv va muloqotlar adliya boshqarmasi va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash hamda davlat va jamiyat o‘rtasida uzviy muloqotni ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi