Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Mening huquq majburiyatlarim” tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.


Tarix zarvaraqlarida ajoyib bu kun oltin harflar bilan muhrlanadi. Chunki, aynan 2023 yil 30 aprel kuni siz bilan biz albatta o‘tkaziladigan Referendumda faol ishtirokchi bo‘lsakkina aynan bizni huquqlarimizni mustahkam kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamizning yanada mustahkamlanishiga o‘zimizning hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. 

Qaranki, aynan shu kun munosabati bilan Namangan davlat universitetit “Iqtisodiyot” fakultetining talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Mening huquq majburiyatlarim” deb nomlangan intellektual tanlovi bugun bizlarga ushbu konstitutsiya haqida zarur bo‘lgan maʼlumotlarni berishga ulgurdi. Yaʼni “Art Study”, “Iqtisodchilar”, “Qaqnus”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoalari o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.  

Tadbir davomida “Eng zukko huquq bilimdoni”, “Eng yaxshi sahna loyihasi”, “Eng faol jamoa sardori”, “Eng faol jamoa”, “Eng faol guruh rahbari” kabi nominatsiyalar g‘oliblari ham aniqlandi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rin “Qaqnus” jamoasiga, 2-o‘rin “Iqtisodchilar” jamoasiga, 3-o‘rin “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoasiga nasib etdi.

O‘tkazilgan tanlovga Namangan davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Narimon Burxanjanovich, Milliy tiklanish demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashi raisi Dilnozaxon Azizova hamda fakultetimiz dekani, iqtisodi fanlari nomzodi, Dotsent Nozimjon Sobirjanovich, Namangan viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Fayzullayev Axrorbek, hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 34-maktab va Kosonsoy tumanidagi 45-sonli ko‘zi ojizlar ixtisoslashtirilgan maktab internatining iqtidorli o‘quvchilarini yangi musiqiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukx bag‘ishladi.

Tanlov g‘oliblari Namangan davlat universtiteti, hamkor tashkilot va homiylarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir barcha tomoshabinlarda juda katta taasurotlar qoldirdi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi