Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21 fevral 2022 yilda «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona» NIZOM tasdiqlangan bo`lib, unda maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomning 5-ILOVAsiga asosan turizm faoliyatini litsenziyalash ko‘zda tutilgan.

Mazkur Nizomga asosan ichki turizm faoliyati (O‘zbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish); chiqish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan, tibbiy va ta'lim turizmini) amalga oshirish); kirish turizmi faoliyati (O‘zbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish).amalga oshiriladi.

Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

1) Talabgorning kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi «ichki turizm» yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) to‘g‘risidagi ma'lumotlar;

2) yuridik shaxs shtatida «turizm» yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga ega bo‘lgan yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi;

3) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

4) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport ma'lumotlari, uy manzili, ma'lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma'lumotlar.

5) litsenziyalovchi organ «chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligi haqidagi ma'lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi.

Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun:

yuridik va jismoniy shaxslar uchun:

1) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma'lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma'lumotlarni o‘zining xalqaro Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish bajarilgani to‘g‘risida ma'lumotlar;

2) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi «ichki turizm» yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) to‘g‘risidagi ma'lumotlar.

3) litsenziyalovchi organ «chiqish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligini haqidagi ma'lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari miqdori,

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji -«Ichki turizm»yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;

«chiqish turizmi» yoki «kirish turizmi» yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yo‘nalish turi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati 5 kun.

Namangan shahar adliya bo`limi davlat xizmatlari markazi tomonidan

2022 yil aprel oyidan joriy yilning mart oyi davomida Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish bo‘yicha 24 ta davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Munojat Sadirova, Namangan shahar 
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.