Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Fuqarolar uchun davlat xizmatiga kirishda teng huquqliligi


Yangilanayotgan Konstitutsiyada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning jadallashgani, sohalarda tub o‘zgarishlar qilinayotgani, fuqarolarning huquq va erkinliklari ortayotgani aks etishi hayotiy zarurat bo‘lib, bu keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, shuningdek, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili ustuvor qo‘yilib, fuqarolarning imkoniyatlari kengaytirildi. 2022 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun ham mana shu maqsadga qaratilgan.

Endilikda, davlat tashkilotlaridagi xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul qilib, yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi. Mazkur tashkilot tomonidan fuqarolarning respublikamizda mavjud bo‘lgan barcha davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishni amalga oshirib kelmoqda. Shu bilan birga, tizimlardagi ishga kirishdagi korrupsion holatlar oldi olishga erishish maqsad qilingan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 37-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadir” deb, belgilanayotgani ham davlat xizmatiga kirishda mamlakatimiz fuqarolari uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratilishi maxsus norma bilan mustahkamlanmoqda.

Hammamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda davlat xizmatiga qabul qilish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi, kadrlarning sifat darajasi yaxshilanishi, xizmat bo‘yicha o‘sib borishi bilan bog‘liq faoliyatda nomzodlarni “teng huquqlilik” tamoyili qo‘llanilishi belgilab berildi. Bunda, kadrlarning tanlashda ayol va erkakning teng ko‘rilishi, ularning bilim, iqtidoriga e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlash mumkin.

Yana shuni aytish lozimki, 2022 yilning o‘zida barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi vakant lavozim bo‘yicha 90 mingdan ortiq ochiq tanlov e’lon qilinib, 919 ming nomzod tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan va 39 mingdan ortiq fuqaro davlat xizmatiga ochiq va teng imkoniyatlar asosida qabul qilingani, taxsinga sazovordir. Bugungi kunda respublikamizning davlat idoralarida 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati yuritmoqda.

Hammamizga ma’lumki, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, ijtimoiy ta’minot masalalari amalda huquqiy jixatdan tartibga solinmagan edi. Yoki davlat xizmatchilarini huquqini cheklashga qaratilgan qonunchilikdagi bo‘shliqlar saqlanib keldi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu sohada bir qator islohotlarni amalga oshirildi. Endi esa, ularning asosiy qonunimizda mustahkamlanishi kutilmoqda. Fuqarolarni davlat xizmatlariga ishga kirishlarida cheklovlar bo‘lishi kerak emas. Har bir fuqaro bilim-ko‘nikmasiga ko‘ra, o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat olib borishga haqlidir. Arzimas cheklovlar bilan sun’iy to‘siqlar qo‘yilishi kerak emas edi.

Misol uchun, Toshkent shahriga ishga kirishda propiska degan cheklov qanchadan qancha fuqarolarni ishlash imkoniyatidan mahrum qilgan edi. Doimiy yashash joyi Toshkent shaharida bo‘lmasa, ishga qabul qilinmagan holatlar ko‘p bo‘ldi va bu uchun tegishli javobgarlik mavjud edi. Yoki ayollarning jumladan homilador ayollarning ishga kirishida teng huquqlilikning kafolatlanmaganligi turli korrupsiyaviy holatlarni yuzaga keltirgan. Ularni ishga olmaslik holatlari ham ko‘p bo‘ldi.

Bularning barchasi, albatta qonunchilikdagi bo‘shliqlar va mazkur sohaning huquqiy jihatdan tartibga solinmaganligi hisoblanadi. Shu bilan birga, ishga kirishdagi ayrim hujjatlarni soni qisqartirildi. Ortiqcha qog‘ozbozliklarga barham berildi. Qolgan hujjatlari ham bugungi kunda elektronlashtirilgan bo‘lishiga o‘tilmoqda. Bu ham fuqarolarga qulaylik tug‘diradi.

Oliy qonunimizda fuqarolarimizning davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishining kafolatlanishi, davlat xizmatining raqobatdoshligini, ochiqligini va professionalligini oshirishi bilan birga, kardlar sifatini yanada oshiradi. Salohiyatli yoshlar, xotin-qizlarning davlat xizmatiga kirishda teng huquqni kafolatlaydi va davlat xizmatiga ishonchini ortishiga hamda iqtidorli, zamonaviy fikrlaydigan kadrlarni xorijiy davlatlarga chiqib ketish holatlari va korrupsiyaviy holatlarning oldini olinishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda hududlarda ko‘plab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xalqimizga o‘zgarishlar haqida tushuntirilmoqda. Agarda davlat xizmatini barcha uchun yanada keng va teng imkoniyatlar yaratilishini istasak yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berishimiz zarurdir. Shuningdek, xalqimizga davlat xizmatlarining o‘rni va ahamiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda bu belgilanayotganini oddiy va ravon holida tushuntirishimiz kerak. Fuqarolar uchun davlat xizmatiga kirishda teng huquqni kafolatlanishi konstitutsiya darajasida mustahkamlanmoqda.

So‘nggi yillarda haqiqatdan ham xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilayotganini anglash va unda inson qadri ustuvor qo‘yilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Xalqimiz mana shuni bugun tushunib yetishlari lozim. Bu yo‘lda, barcha huquqshunosu olimlar mahallalarda keng targ‘ib etishlari va aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirishlari zarur. Yaratilayotgan imkoniyatlar ular uchun ekanini anglatish ham kerak, albatta. Bu bilan ishga joylashishdagi korrupsion holatlarni oldini olishga erishilishini tushunib yetmoqliklari lozimdir. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etilmoqda.

Shu maqsadda, tashkilotimiz tomonidan hududimizdagi mahallalarga chiqib, targ‘ibot ishlarini olib borilmoqda. Davlat bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashga mas’ul ekanmiz, ularga tushuntirishda davom etamiz. Inson qadri ustuvor qo‘yilayotgan islohotlarni tashviqotida barcha birdek xizmat qilishi va yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga ovoz berishlariga chaqiramiz.

Zulayxo Ataxanova,
Yangi Namangan tumani FHDY mudirasi