Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

"Biz birgamiz!": ezgulik ulashing!




Namangan viloyat adliya boshqarmasining "BIZ BIRGAMIZ" karvoni yo‘lga tushib, manzillarga yetib bordi.



Muborak Ramazon hayiti saxovat, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob xislatlarni kuchaytiruvchi muqaddas ayyomdir.

????Shu sababli, keksalar holidan xabar olish, nogironligi bor shaxslarga ko‘maklashish, moddiy taʼminoti yetarli bo‘lmagan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish va ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondi hamda “Madad” NNT hamkorlikda navbatdagi xayriya tadbiriga qo‘l urdi.



????Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 250 dan ortiq xonadonlarga tarqatish uchun yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalaridan iborat xayriya to‘plamlari manzillariga yetib kelib, xonadonlarga tarqatish ishlari olib borilmoqda.


Bu kabi saʼy-harakatlarning zamirida har qanday sharoitda ham aholini qo‘llab-quvvatlash va ularga eʼtibor berish kabi ezgu maqsadlar yotadi.


Shunday ekan, ezgulik ulashishdan hech qachon to‘xtamang!