Янгиликлар
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya
Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan maʼmuriy islohotlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, parlamentning yuqori palatasi – Senat hamda Qonunchilik palatasining vakolatlari kuchaytirilmoqda. Yaʼni, ikki palata ishidagi
takrorlanishlar bartaraf etilib, har birining masʼuliyat sohasi aniq belgilanmoqda. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa, 14 tadan 18 taga ko‘paymoqda. Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish, Hisob palatasi raisining hisobotini eshitish kabi muhim vakolatlar bevosita Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari etib belgilanmoqda. Kiritilayotgan ushbu o‘zgarishlar quyi palataning vakillik tabiatiga va ilg‘or xorijiy tajribaga to‘liq mos keladi.

Savol-javob va muhokamalarga boy bo‘lgan tadbirda aytib o‘tilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyaga muvofiq, ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari va funksiyalari, ularning oldida turgan barqaror iqtisodiy o‘sish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va boshqa sohalardagi vazifalarni bajarishdagi javobgarligi sezilarli darajada kengaytirilyapti.
Davra suhbati ishtirokchilari taʼkidlashicha, yangilanayotgan Konstitutsiya “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatining jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratadi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi