Янгиликлар
Adliya aralashgach kontrakt pullari to‘lab berildi.
Uychi tumani, Bog‘ MFY, Ufq ko‘chasida yashovchi fuqaro S.A “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga olinganligi, biroq OTMda o‘qish uchun shartnoma pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Uychi tuman adliya bo‘limi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro S. A Namangan muhandislik-qurilish institutining 1-bosqich sirtqi shaklda tahsil olishi, 2022-yildagi xatlov yakunlari bo‘yicha “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilganligi, biroq o‘qish uchun to‘lov-shartnoma (kontrakt) pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori bilan tasdiqlangan ““Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 35-bandida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan 2023-yil 15- fevral kuni fuqaro S.Aga kontrakt to‘lovining bir qismini qoplash uchun Yoshlar daftari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 100 000 so‘m mablag‘ o‘tkazib berilishiga erishildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi