Янгиликлар
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot.
Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
2023-yilning 1-choragi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 1 807 ta murojaatlar kelib tushgan.
Shundan, viloyat adliya boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 786 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 553 tasi hal etilib, shundan 151 ta murojaat qanoatlantirilgan, 402 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 98 tasi tegishliligi boʻyicha, 100 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.
Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 1 021 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 839 tasi hal etilib, shundan 590 ta murojaat qanoatlantirilgan, 249 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va
25 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 68 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.
Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2023-yilning 1-choragi davomida jami 786 ta murojaatlar (201 ta shikoyat, 585 ta ariza) kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 42 ta;
Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 259 ta;
Notariat va advokaturaga oid – 75 ta;
Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 8 ta;
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 11 ta;
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 366 ta;
boshqa sohalarga oid – 25 ta.

Murojaatlarning 553 tasi hal etilib, shundan 151 tasi (70%) qanoatlantirildi, 402 tasiga (72,6%) huquqiy tushuntirish berildi va 1 tasi (0,1%) koʻrmasdan qoldirilgan. Kelib tushgan jami (786 tadan) murojaatlarning 98 tasi (12,4%) tegishliligi boʻyicha, 100 tasi (12,7%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.
Xususan,
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 48 foizi (20 ta);
Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 14 foizi (37 ta);
Notariat va advokaturaga oid – 13 foizi (10 ta);
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 27 foizi (3 ta);
Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 16 foizi (57 ta);
boshqa sohalarga oid – 96 foizi (24 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 13 ta taqdimnoma,
5 ta maʻmuriy taklif, 9 ta daʻvo arizalari kiritilgan.
Qoʻllanilgan taʻsir choralari natijasida 45 mln 654 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 3 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda
8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 4 ta hujjat bekor qilindi.
Kelib tushgan murojaatlarni 39 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 15 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 386 ta murojaatlar kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 330 tasi hal etilib, shundan 46 tasi
(13,9%) qanoatlantirildi, 284 tasi (86%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 8 tasi (2%) tegishliligi boʻyicha yuborilgan,
7 tasi (1,8%) koʻrmasdan qoldirilgan.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.
Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 259 ta
(97 ta shikoyat, 162 ta ariza) murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 87 tasi (33,5 %) hal etilib, shundan 37 tasi
(42,5 %) qanoatlantirildi, 50 tasiga (55 %) huquqiy tushuntirish berilgan va 1 tasi koʻrmasdan qoldirilgan. Shuningdek, murojaatlarning 67 tasi tegishliligi boʻyicha, 100 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.
Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 9 ta taqdimnoma, 3 ta maʻmuriy taklif, sudlarga 7 ta daʻvo arizalari kiritilgan.
Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 45 mln 654 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 3 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 8 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 2 ta hujjat bekor qilindi.
Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:
- mehnat nizolari yuzasidan 9 ta;
- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 25 ta;
- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 10 ta;
- kommunal toʻlovlar yuzasidan 4 ta;
- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;
- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;
- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 1 ta;
- sud qarorlari yuzasidan 8 ta;
- prokuratura organlari faoliyatiga doir 3 ta;
- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 15 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 19 ta.

2. Huquqiy xizmat sohasida.
Huquqiy xizmat sohasida jami 75 ta (30 ta shikoyat, 45 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 50 tasi (66,6 %) hal etilgan boʻlib, shundan 10 tasi (20 %,) qanoatlantirildi, 40 tasiga (80 %) huquqiy tushuntirish berilgan,
19 tasi (25%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.
Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:
- advokaturaga oid 10 ta;
- notariatga oid 13 ta;
- boshqa masalalar yuzasidan 7 ta.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqilishi va hal etilishiga etibor qaratadigan boʻlsak, quyidagicha natijalarga erishilganligi kuzatiladi.
Jumladan, shikoyatlar boʻyicha:
2023-yilning 1-choragi davomida jami 761 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 639 tasi (84%) hal etilib, shundan 495 tasi
(77%) qanoatlantirilgan, 144 tasiga (23%) huquqiy tushuntirish berilgan, 34 tasi (4%) taalluqligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 21 tasi (3%) koʻrmasdan qoldirilgan.

1. Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:
- mehnat nizolari yuzasidan 421 ta (330 tasi oylik ish haqi olish masalasida);
- taʻlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 22 ta;
- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 73 ta;
- uy-joy masalasida 7 ta;
- kommunal toʻlovlar yuzasidan 15 ta;
- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 23 ta;
- yerga doir masalalar boʻyicha 8 ta;
- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta;
- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 4 ta;
- sud qarorlari yuzasidan 2 ta;
- ichki ishlar organlari faoliyatiga doir 1 ta;
- boshqa masalalar boʻyicha 175 tani tashkil etmoqda.
2. Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:
2023-yilning 1-choragi davomida jami 260 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 200 tasi hal etilib, shundan 95 tasi (48 %) qanoatlantirilgan,
105 tasiga (52 %) huquqiy tushuntirish berilgan boʻlib, kelib tushgan jami arizalarning 34 tasi (13%) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan,
4 tasi (1.5%) koʻrmasdan qoldirilgan.
Arizalarning xususiyati boʻyicha:
qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 57 ta;
kadrlar masalasida 2 ta;
boshqa masalalarda 195 ta arizalar kelib tushgan.
IV. Boʻlimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Boʻlimlar tomonidan jami qabullar davomida 873 ta murojaat qayd qilingan boʻlib, shulardan 381 tasi sayyor qabul paytida, 492 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.
Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning
739 tasi hal etilib, shundan 529 tasi (72%) qanoatlantirilgan, 210 tasiga (28%) tushuntirish berilgan, 57 tasi (7%) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 4 tasi (0.4%) koʻrmasdan qoldirilgan.
V. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:
Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:
- Kosonsoy tumani (kelib tushgan 40 ta, qanoatlantirilgan 37 ta (92,5%);
- Norin tumani (kelib tushgan 40 ta, qanoatlantirilgan 34 ta (85%);
- Chortoq tumani (kelib tushgan 35 ta, qanoatlantirilgan 28 ta (80%);
- Namangan tumani (kelib tushgan 39 ta, qanoatlantirilgan 30 ta (76,9%);
- Yangiqoʻrgʻon tumani (kelib tushgan 26 ta, qanoatlantirilgan 20 ta (76,9%) adliya boʻlimlari tomonidan yuqori koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:
- Davlatobod tumani (kelib tushgan 39 ta, qanoatlantirilgan 17 ta (43,6%);
- Mingbuloq tumani (kelib tushgan 17 ta, qanoatlantirilgan 7 ta (41,2%);
- Uychi tumani (kelib tushgan 42 ta, qanoatlantirilgan 8 ta (19%) adliya boʻlimlari tomonidan past koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qatʻiy rioya qilib borish;
2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini taʻminlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini koʻchaytirish;
3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha maʻsullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;
4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;
5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;
6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;
7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida etibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.
8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida eʻtibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.
Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi