Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

SAYYOR QABULGA MARHAMAT!


“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da har bir soha vakillari tomonidan tizimli ishlar tashkil e’tilmoqda. Ayniqsa, aholi murojaatlariga quloq tutish, ko‘p yillardan buyon yechilmayotgan muammo va masalalarni qonuniy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi raxbariyati tomonidan ham fuqarolarga yengiliklar yaratish maqsadida haftaning payshanba kuni “Sayyor qabul” tashkil etish rejalashtirilgan.

Shunga muvofiq, joriy yilning 13-aprel payshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha quyidagi manzillarda “Sayyor qabul” tadbirlari o‘tkaziladi.

Unda boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosarlari ishtirok etadi.

Sayyor qabullar:

Adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Ismatillayev Ulug‘bek Toxirjanovich tomonidan Kosonsoy tumani, “Bomraha” MFY binosi;

Adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Ahmedov Dilmurod Toxirjonovich tomonidan Yangi Namangan tumani, “Sixatgoh” MFYda joylashgan Hamshiralar malakasini oshirish markazi binosida.


Murojaatlaringiz bo‘lsa sayyor qabulda ishtirok etishingiz so‘raladi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:. https://t.me/namanganadliya