Янгиликлар
Murojaatlar bilan ishlash: tahlil va natijalar
Namangan viloyat adliya boshqarmasi Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va meʼtodik taʼminlash shoʻbasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ularda keltirilgan masalalarni hal etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Koʻrib chiqilgan 20 ta murojaat ijobiy hal etilgan, 16 ta murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirilgan, 1 ta murojaat taalluqliligi boʻyicha tegishli davlat organlari, tashkilot va idoralarga yoʻnaltirilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 14 tasi jismoniy shaxslardan, 27 tasi yuridik shaxslardan, 31 tasi yozma, 10 tasi elektron, shundan, 31 tasi boshqarma rahbariyati va masʼul xodimlarning qabulida, 7 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 1 tasi Xalq qabulxonasi, 2 tasi ishonch telefoni orqali kelib tushgan.

Murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, 4 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan hujjat bekor qilingan, daʼvo ariza natijasida 600 000 000 soʻm undirilgan.
Shoʻbaga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida koʻchmas mulk va yer bilan bogʻliq munosabatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlaridan norozi boʻlib yozilgan murojaatlardan iboratdir.
Respublikamizda olib borilayotgan keng islohotlar hamda adliya organlari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, jumladan, turli yoʻnalishlardagi korrupsiyasiz soha loyihalari, yoʻl xaritalarining ijrosi hamda qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirishlar natijasida shoʻba kelib tushayotgan murojaatlarning soni va sohalar boʻyicha kamayishi kuzatilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1-choragida shoʻbaga kelib tushgan 41 ta murojaatlarni
2021-yilning 1-choragida kelib tushgan 54 ta murojaatlarga nisbatan solishtirganda, murojaatlar salmogʻi 19 foizga kamaygan.
Belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2023-yil davomida shoʻbaga kelib tushgan murojaatlarni sifatli va toʻliq koʻrib chiqish hamda tegishli taʼsir choralarni kiritish boʻyicha vazifalar belgilangan.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish
va meʼtodik taʼminlash shoʻbasi