Янгиликлар
07
JAZONI IJRO ETISH MUASSASASI XODIMLARI ISHTIROKIDAGI TADBIR
Joriy yilning 7-aprel kuni Uychi tuman adliya bo`limi targ'ibot guruhi a'zosi tomonidan O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish Departamenti 2-mintaqaviy hudud 6-son tergov hibsxonasi xodimlari uchun targ`ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi va Referendum qonunchiligining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, mavzuga oid flayerlar tarqatildi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi. Xususan, konstitutsiyaviy huquqlar doirasi ta'lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.