Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Namanganda huquqiy aksiya: 2000 ishtirokchini qamrab oldi


Avval xabar berganimizdek xalqimiz hayotida unitilmas siyosiy jarayon oldidan huquqiy aksiya oʻtkazilmoqda. Aksiyadan koʻzlangan eng asosiy  maqsad Yangi Oʻzbekistonning Yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi munosabati bilan joriy yilning 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Referendumga xalqimizning faolligini oshirishdan iborat.

Aksiya jarayonida turli soha vakillari tomonidan Konstitutsiyaning hayotiy va kasbiy faoliyatlariga taʼsiri, unda belgilangan normalarning oʻrni va erishgan yutuqlari yuzasidan fikrlari tinglandi.

Yana bir jihat “Targʻibot poyezdi” guruhi volontyorlari tomonidan tayyorlangan huquqiy testlar ishtirokchilar eʼtiboriga tarqatildi va “Konstitutsiya bilimdonlari” aniqlandi.

Va eng asosiysi aksiyaga tashrif buyurgan fuqarolarga bepul huquqiy xizmat koʻrsatildi va maslahatlar berildi. 

Aksiya davom etmoqda...

Namangan viloyat adliya boshqarmasi