Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Xalq Konstitutsiyasi – xalq irodasining ifodasi.


Bugun To‘raqo‘g‘on tuman FHDYo bo‘limi hamda YuXKM mas’ul xodimlari tomonidan tumandagi Isoqxon Ibrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o‘qituvchilari uchun davra suhbati o‘tkazildi.

Unda asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri qabul qilinayotganligi munosabati bilan "O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi, Referendum o`tkazish tartibi va muddatlari haqida tushuncha berildi.

Shuningdek, yangi Konstitutsiya o‘zining mazmun-mohiyati jihatdan boy tarkibga ega bo‘layotgani, unda xalq fikri va istaklari jam bo‘lgani, ijtimoiy va huquqiy davlat sifatida O‘zbekiston siyosiy maydonda o‘rin egallashi ta’kidlandi.

Qolaversa, kiritilayotgan o‘zgarishlar davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi yondashuvni va faoliyat tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga, o‘zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o‘rniga “inson-jamiyat-davlat” g‘oyasini asos qilib qo‘yishga qaratilganligi e’tirof etildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

 Namangan viloya adliya boshqarmasi