Янгиликлар
30
“Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!”
O‘zbekiston XDP Namangan shahar kengashi tomonidan Namangan 2-Tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan navbatdagi targ‘iboti shu shior ostida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi rais o‘rinbosari Mutabar Qoziyeva, Namangan shahar partiya kengashi raisi Dilnoza O‘rinboyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik”ordeni sohibasi Dilbarbonu Haydarova, Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati hamda kollejning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Raxmatillo Muxitdinovlar kollej pedagog-xodimlar, o‘quvchi yoshlarga Konstitutsiyaning yangilanish zaruriyati, uning xalqchilligi, asosiy yangiliklari, shuningdek, yangi Konstitutsiyada davlat o‘z zimmasiga olgan ustuvor kafolatlar, majburiyatlar yuzasidan tushunchalar berdilar.
Xususan, amaldagi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar natijasida bosh qonunimizning moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalarning hajmi 65 foizga oshganligi qayd etilib, tadbir ishtirokchilarini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.
“Birdamlik va ahillik bilan kelajakni quramiz!”
O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashi tomonidan tumandagi ko‘plab tashkilotlar, jamoat birlashmalari, Yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri Pop muruvvaat erkaklar uyida o‘tkazilib, unda Tuman partiya kengashi raisi Gulbahor Mo‘minova tomonidan Konstitutsiyaning yangilanish zaruriyati, uning xalqchilligi, asosiy yangiliklari, shuningdek, yangi Konstitutsiyada davlat o‘z zimmasiga olgan ustuvor kafolatlar, majburiyatlar yuzasidan tushunchalar berdi.