Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Yangi O'zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya!


Namangan viloyati yuridik texnikumi xodimlari ishtirokida joylarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda. 

Texnikumning Yuridik klinika a'zolari hamda amaliyot va kasbiy rivojlantirish bo'limi uslubchisi  A.Xoliqov tomonidan Namangan shaharida joylashgan "Ibrat" MFY aholisi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Unda  shu yilning 30-aprel sanasida bo'lib o'tadigan referendum va yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan o'zaro savol-javob asosida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida "Ibrat" mahalla fuqarolari ham so'z olib, o'zlari yashab turgan mana shunday tinch va osuda makonda amalga oshirilayotgan hayrli ishlar va siyosiy jarayonlarga befarq emasliklarini bayon etdilar.